locale OZ

«Chelsi» ketma-ket beshinchi marta «Uembli»dagi finalda magʻlub boʻldi

Londonliklar daxshatli seriyani davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» ketma-ket beshinchi marta «Uembli»dagi finalda magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
16.05.2026, Yak.
Chelsi
0
Manchester Siti
1

Angliya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi finalida «Chelsi» «Manchester Siti»ga kichik (0:1) hisobda imkoniyatni boy berdi. Londonning afsonaviy «Uembli» stadionida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuv «koʻklar» uchun yana bir bor omadsiz yakunlandi.

Squawka tahliliy sahifasining xabar berishicha, «Chelsi» mazkur arenada oʻtkazilgan ketma-ket 5 ta final bahsidan buyon raqiblar darvozasini umuman ishgʻol eta olmayapti. Londonliklarning «Uembli»dagi soʻnggi beshta finali quyidagicha yakunlangan:

  • «Lester» — 0:1
  • «Liverpul» — 0:0 (penaltilar seriyasida 10:11)
  • «Liverpul» — 0:0 (penaltilar seriyasida 5:6)
  • «Liverpul» — 0:1
  • «Manchester Siti» — 0:1

Eslatib oʻtamiz, ushbu mavsumning yarimfinalida «Chelsi» «Lids Yunayted»ni (1:0) magʻlub etgan boʻlsa, Pep Gvardiola shogirdlari «Sautgempton»dan (2:1) ustun kelgandi.

Maʼlumot uchun, Angliya Kubogining oʻtgan mavsumdagi gʻolibi kutilmaganda Londonning boshqa bir jamoasi — «Kristal Pelas» boʻlgandi. Oʻshanda ular ham «Uembli»da kechgan hal qiluvchi bahsda aynan «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida dogʻda qoldirishgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting