Angliya kubogi. Manchester Siti Semenyoning supergoli evaziga chempionlikni qo'lga kiritdi
«Uembli»da o‘tgan Angliya kubogi finalida «Manchester Siti» Semenyoning tovonda urgan supergoli evaziga «Chelsi»ni mag‘lub etib, 8-br ushbu turnirda zafar quchdi.
«Shaharliklar» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘ltq harakat qilib, jamoasi bilan mavsumdagi ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi. Manchester klubi bungacha Angliya Liga kubogini ham yutgandi.
Angliya kubogi. Final
Chelsi — Manchester Siti 0:1
16 may. London. «Uembli»
Gol: Semenyo (72).
Chelsi — Sanches, Fofana, Koluill, Hato, Gyusto, Jeyms (Delap, 83), Kukurelya (Netu, 74), Kaysedo, Fernandes, Palmer, Pedro (Garnacho, 86).
Manchester Siti — Trafford, Nunesh, Husanov, Gehi, O'Rayli, Rodri (Kovachich, 65), Silva, Semenyo, Marmush (Sherki, 46), Doku, Holand.
Ogohlantirishlar: Fernandes (29), Kukurelya (32), Husanov (56), Kaysedo (90+2).