Antuan Semenyo Angliya Kubogi finalida gol urgan ilk ganalik futbolchiga aylandi va tarixga kirdi
«Manchester Siti» qanot hujumchisi Antuan Semenyo Angliya Kubogi finalida «Chelsi» darvozasini ishgʻol etib (1:0), jamoasiga gʻalaba keltirgan holda turnir tarixidan muqim joy egalladi.
Semenyo Angliya Kubogi finallarida gol urishga muvaffaq boʻlgan ilk ganalik futbolchi sifatida tariqqa kirdi. Avvalroq ushbu oʻyinchi yakunlanayotgan 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar roʻyxatidan joy olgan edi.
Bu «Manchester Siti» uchun joriy mavsumdagi ikkinchi sovrin boʻldi — bundan avval Pep Gvardiola shogirdlari Angliya Liga Kubogi finalida «Arsenal»ni magʻlub etib (2:0), bosh sovrinni qoʻlga kiritgan edi.
Eʼtiborli jihati, «Manchester Siti» bir mavsum davomida ham Angliya Kubogi, ham Angliya Liga Kubogidagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan tarixdagi ilk klubga aylandi. Shuningdek, Manchester klubining mamlakat kubogidagi gʻalabalari soni 8 taga, Liga Kubogidagi sovrinlari esa 9 taga yetdi.