locale OZ

Gvardiola «Man Siti»dagi 10 yillik faoliyatida 20-sovrinini qoʻlga kiritdi

Ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar»ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Man Siti»dagi 10 yillik faoliyatida 20-sovrinini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
16.05.2026, Yak.
Chelsi
0
Manchester Siti
1

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa boshqaruvidagi oʻn yillik faoliyati davomida oʻzining 20-titulini rasmiylashtirdi. Angliya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi finalida uning shogirdlari Londonning afsonaviy «Uembli» stadionida «Chelsi»ni 1:0 hisobida magʻlub etishdi.

Ushbu gʻalaba evaziga Gvardiola oʻz tarixida uchinchi bor Angliya Kubogi sohibiga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yilning yozidan buyon «shaharliklar»ni boshqarib kelmoqda va oʻtgan vaqt ichida quyidagi sovrinlarga ega chiqdi:

  • Angliya Premyer-ligasi (APL): 6 marta
  • Angliya Liga Kubogi: 5 marta
  • Angliya Kubogi (FA Cup): 3 marta
  • Angliya Superkubogi: 3 marta
  • UEFA Chempionlar ligasi: 1 marta
  • UEFA Superkubogi: 1 marta
  • FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 1 marta
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting