locale OZ

«Manchester Siti» Angliya Kubogidagi titullari boʻyicha «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenhem»ga yetib oldi

Avvalroq «shaharliklar» «Chelsi»ni magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Angliya Kubogidagi titullari boʻyicha «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenhem»ga yetib oldi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
16.05.2026, Yak.
Chelsi
0
Manchester Siti
1

«Manchester Siti» 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Kubogi gʻolibiga aylandi. Bu «shaharliklar» uchun mazkur musobaqadagi 8-titul boʻldi va ular gʻalabalar soni boʻyicha «Chelsi», «Liverpul» hamda «Tottnhem» klublariga yetib olishdi.

Angliya Kubogi (FA Cup) tarixida eng koʻp zafar quchgan jamoalar reytingi hozirda quyidagicha koʻrinish olgan:

  1. «Arsenal» — 14 ta titul (mutlaq rekordchi)
  2. «Manchester Yunayted» — 13 ta titul
  3. «Liverpul», «Tottenxem», «Chelsi» va «Manchester Siti» — 8 tadan titul
  4. «Aston Villa» — 7 ta titul
  5. «Blekbern Rovers» va «Nyuasl Yunayted» — 6 tadan titul

Eslatib oʻtamiz, Angliya Kubogining oʻtgan mavsumdagi bahsida Londonning «Kristal Pelas» klubi kutilmaganda «Uembli» stadionida kechgan finalda aynan «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida magʻlub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi. Bu safar esa Gvardiola shogirdlari imkoniyatni qoʻldan boy berishmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting