locale OZ

Luis Kachorri: “Superligada gol urish osonlashdi demagan bo'lardim”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Kachorri: “Superligada gol urish osonlashdi demagan bo'lardim”
FОТО: FC Bunyodkor

Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi va hozirda Superliga to'purari bo'lib turgan Luis Kachorri Sports24.uz saytiga intervyu berdi.

Italiyalik forvard suhbat chog'ida mavsum starti va jamoadagi birdamlik haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Mavsum omadli boshlandi. Dastlabki turda kuchli tarkibga ega bo‘lgan “Neftchi” bilan jangovar durang qayd etdik - 2:2. So‘ngra safarda “Sho‘rtan”ni (2:0) va o‘z maydonimizda “Surxon”ni mag‘lub etdik (3:1).

Dastlabki uchrashuvda ikki marta men yo‘llagan zarbamdan keyin to‘p darvoza ustunlariga tegib qaytdi, biroz omadim kelmagandi. Shukurki keyingi ikkita bahsda ikkitadan gol urdim.

Lekin Superligada gol urish osonlashdi demagan bo‘lardim, sababi bu mashg‘ulotlardagi og‘ir mehnatning samarasi hisoblanadi. Bundan tashqari golni men urganim bilan futbol bu jamoaviy sport turi, sheriklarim yordamisiz men umuman gol ura olmasdim”, - deydi Kachorri.

Ma'lumot uchun, “Bunyodkor” O'zbekiston Superligasining 4-turida “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha Sports24.uz sayti ijodkorlari “Buxoro”ning tajribali futbolchilaridan bir bo'lgan Shohruz Norxonov bilan ham intervyu tashkillashtirgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting