Liga komissari: \"\"Xorazm U21\" - \"Bunyodkor U21\" o'yini to'rt daqiqa kech boshlandi
18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turning har bir o'yinlariga bag'ishlangan liga komissari bildirgisini e'tiboringizga havola qilamiz:
Har ikki klub vakillari Countdown’ga amal qilmagani qayd etilgan. Komissar bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarini 3 daqiqa kech yakunlagan.

Shuningdek, tomonlarning U21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qolganidagina xorazmlik futbolchilar kiyim almashtirish xonasidan chiqib kelgan. Oqibatda uchrashuv 4 daqiqa kech boshlangan.
Asosiy tarkib o‘yinida kechikish kuzatilmagani sabab Liga har ikki klubni rasman ogohlantiradi. Komissarning reglament asosidagi talabi kelgusi turda ham paysalga solinsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.