locale OZ

Liga komissari: \"Tez yordam va suhandon o'yinga kech qolgan, shuningdek internet hamda printer mavjud bo'lmagan\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga komissari: "Tez yordam va suhandon o'yinga kech qolgan, shuningdek internet hamda printer mavjud bo'lmagan"
PHOTO: Telegram

18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turning har bir o'yinlariga bag'ishlangan liga komissari bildirgisini e'tiboringizga havola qilamiz:

“Buxoro” 1:3 “Nasaf”

Tez tibbiy yordam mashinasi stadionga o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangan va mazkur holat jonli efirga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Shuningdek, stadion suxandoni kechikishi oqibatida, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalada kechikish kuzatilgan. Reglamentning 16.35-bandi esa e’tiborsiz qoldirilgan.

Mikst-zona tartibga solinmagan, klub matbuot xizmati mazkur masalaga yetarlicha e’tibor qaratmagan.

Reglamentning 15.14-bandini buzish orqali to‘p olib beruvchi bolalarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘yilgan.

Komissar xonasida internet ishlamagan. Qo‘shimchasiga, printer mavjud bo‘lmagan.

“Buxoro” futbol klubi mezbonlik bilan bog‘liq talablarga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lgani uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting