Liga 1. «PSJ» safarda «Brest»ni yirik hisobda magʻlub etdi
Fransiya chempionatining 9-turidan oʻrin olgan bahsda «PSJ» safarda «Brest» mehmoni boʻldi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Ashraf Hakimi 29-daqiqada parijliklarni oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada marokashlik futbolchi dublni rasmiylashtirdi.
59-daqiqada «Brest» hisobni qisqartirishi mumkin edi, biroq Romen Del Kastiyo penaltidan foydalana olmadi. 90+6-daqiqada esa Desire Due hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.
Shu tariqa, «PSJ» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 20 taga yetkazib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brest» esa 9 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Liga 1. 9-tur
«Brest» — «PSJ» 0:3
Gollar: Hakimi (29, 39), Deu (90+6).
Brest — Maeski, Lala, Dias, Kulibali, Loko (Gindo, 79), Shotar, Magnetti (Makalu, 78), Ebimbe (Tuzar, 67), Del Kastillo (Zogbe, 90+3), Mbup (Balde, 67), Ajork.
PSJ — Shevale, Hakimi, Zabarniy, Pacho (Markinos, 67), Ernandes, Zair-Emeri, Vitinya, Li Kan (Dembele, 67), Kvarasxeliya (Due, 70), Barkolya (Ramush, 79), Mayulu (Njantu, 79).