locale OZ

Kannavaro Meksika yoki MLS klublaridan birini boshqarishi mumkin — manba

Italiyalik mutaxassisning O‘FA bilan shartnomasi 2027 yilning oktyar oylarida yakuniga yetadi.
Futbol
Kannavaro Meksika yoki MLS klublaridan birini boshqarishi mumkin — manba
photo: gettyimages

Kannavaro Meksika yoki MLS klublaridan birini boshqarishi mumkin — manba

Italiyalik mutaxassisning O‘FA bilan shartnomasi 2027 yilning oktyar oylarida yakuniga yetadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannvaro okean ortida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda TUDN jurnalisti Fransisko Arredond xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Meksika yoki MLS ligasi ishtirokchilaridan birini boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu bo‘yicha Fabio Lotin Amerikasidagi vakillik agentligi bilan shartnoma imzolagan. Biroq u birorta jamoani boshqaradi degani emas.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro 2025 yilning oktyabridan beri «oq bo‘rilar»ni boshqarib kelmoqda. Uning O‘FA bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning oktyabriga qadar mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting