locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: \"O'yindan oldin \"Xorazm\" yaxshi darajadagi jamoa ekanligini aytgandim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: "O'yindan oldin "Xorazm" yaxshi darajadagi jamoa ekanligini aytgandim"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
25.05.2025, Yak.
Paxtakor Toshkent
2
Xorazm
1

Superliga 11 tur doirasidagi “Paxtakor” hamda "Xorazm" jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilikdan so'ng, “sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz barcha rejalarimizni buzib yubordi. Oqibatda yigitlar shoshib harakat qilishni boshlashdi va bu o‘yinimizga ta'sir ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda ko‘p imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Ikkinchi bo‘limda esa ba'zi xatolar bo‘ldi.

Bugun eng xursand qiladigan narsa qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘ldi. Raqib ham munosib o‘yin namoyish etdi. Bellashuvdan oldin futbolchilarga "Xorazm" yaxshi darajadagi jamoa ekanini ta'kidlagandim. Alijonovda yengil jarohat bor edi. Uni terma jamoa o‘yinlariga ham asrash maqsadida zaxiradan tushirdik",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting