Kamoliddin Tojiyev: «Keyingi o‘yinlarda ijobiy o‘zgarish qilishga intilamiz»
Kamoliddin Tojiyev: «Keyingi o‘yinlarda ijobiy o‘zgarish qilishga intilamiz»
Toshkent derbisidan so‘ng Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
«Bahsni yaxshi boshladik, ilk daqiqadayoq juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Shu sababli o‘yin oxiri yana asabiy kechdi. Kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Mashg‘ulotlarda buni yigitlarga ko‘rsatyapmiz. Vaziyatlar yetarlicha bor, ulardan aniq foydalansak bas. Keyingi uchrashuvlarda ijobiy o‘zgarishlar qilishga intilamiz. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin ruhan tiklanishimiz qiyin kechmoqda. Buni tuzatishga urinamiz.
Tez orada yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolashimiz kutilmoqda. Bu bizga yordam beradi deb o‘ylayman»,-dedi mutaxassis.