«Bunyodkor» – «Paxtakor». O‘zaro bellashuvlarda kim ustun?
Superliga 14-turida jamoamiz Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan o‘ynaydi. O‘yin "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar har doim keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 40 bellashuvning 16 tasida "Sherlar" g‘alaba qozonishgan. 10 ta bahsda durang va 14 o‘yinda raqib g‘alabasi qayd etilgan. "Paxtakor" 55 ta gol urib, 48 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida qayd etilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. "Bunyodkor" maydonida o‘tgan bellashuvlarda 6 g‘alaba, 4 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etganmiz. Raqib 33 ta gol urgan va jamoamiz 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 26-iyul, yakshanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.