locale OZ

«Bunyodkor» - «Paxtakor» bellashuvi qaysi stadionda bo’ib o’tishi ma’lum

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
«Bunyodkor» - «Paxtakor» bellashuvi qaysi stadionda bo’ib o’tishi ma’lum
Фото: UzPFL
O‘zbekiston Superligasi
26.07.2026, 11.00
Bunyodkor
-
Paxtakor Toshkent
-

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Bunyodkor — Nasaf uchrashuvi respublikadagi hozircha eng katta stadion chimi o‘zini tiklab olmaganidan kelib chiqib, Olimpiya stadionida o‘tkazildi.

Avval ham aytilganidek, yoz chillasi va undan chiqish davomida O‘zbekistondagi ko‘plab futbol maydonlarida muammolar kuzatiladi. Iqlimning keskin isib ketishi oqibatlarini bartaraf etish ustida agronomlar tinmay mehnat qiladi. Xuddi shuningdek, Bunyodkor stadioni maysasini mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlash ishlari ham davom etmoqda. Biroq holat hozirgi vaqtga qadar to‘liq o‘nglanmadi.

Sir emaski, avvalroq Termiz va Buxoro shaharlaridagi stadionlar parvarishi bilan bog‘liq loqaydliklar, buning oqibatida maysa holatidagi salbiy o‘zgarishlar sabab Liga ayrim uchrashuvlarni boshqa shaharlarga ko‘chirish yuzasidan majburiy qarorlar qabul qilgandi. Garchi Bunyodkor stadionida ish nisbatan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, Liga ishchi guruhi maydonning ayni holatdagi chimini Superliga uchrashuvi uchun tayyor emas deb baholadi. Talab barcha uchun bir ekanligidan kelib chiqib, Bunyodkorga kamida yana bitta tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazish uchun ruxsat berilmaydi.

Shundan kelib chiqib, Superliga 14-turidan o‘rin olgan Bunyodkor va Paxtakor uchrashuvi raqib jamoa maydoniga ko‘chirildi. Bu nafaqat maydonda ijobiy o‘zgarishlar qilish uchun fursat beradi, balki tayyor bo‘lmagan chim ustida rasmiy uchrashuv o‘tkazish orqali, maydonni yanada uzoqroq muddatga ishdan chiqarish ehtimolini kamaytiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting