locale OZ

Ilyos Zeytullayev: “Futbolchilarim bilan faxrlanaman!”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilyos Zeytullayev: “Futbolchilarim bilan faxrlanaman!”
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
18.05.2025, Yak.
Bunyodkor
2
Navbahor Namangan
3

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yigitlarga borini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!

- Himoyachilarning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Himoyachilarimga umuman e’tiroz yo‘q. Ular juda yaxshi harakat qilishdi. Jangchi ular!

- Bugungi o‘yindan avval rejalar qanday edi?
- Futbol o‘ynash va undan rohat olish!
-
- Mag‘lubiyatni nima bilan bog‘lagan bo‘lardingiz?
- Rosti, bu savolga javob berish qiyin.

- Balki bugun “Navbahor” yaxshi o‘ynagandir?
- Hozir aniq fikr bildira olmayman, faqat qo‘l ostimdagi yigitlarga rahmat aytishim mumkin. Sababi, ular bilan katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ular bilan faxrlanaman!

- Natija adolatlimi?
- O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?
- Menimcha bahsli.
- Savolingizga o‘zingiz javob berdingiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting