locale OZ

Alisher Odilov: “Ertangi uchrashuvda bizni g‘alabadan boshqasi qoniqtirmaydi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisher Odilov: “Ertangi uchrashuvda bizni g‘alabadan boshqasi qoniqtirmaydi”
Photo: gettyimages
O‘zbekiston Superligasi
18.05.2025, Yak.
Bunyodkor
2
Navbahor Namangan
3

O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin “lochinlar”ning 23 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Alisher Odilov bo‘lajak o‘yindan oldin klub matbuotiga kichik intervyu berdi. Anash shu suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz:


"Ertangi bahsga odatdagiday yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Odatda biz har bir o‘yinga jiddiy yondashib, yuqori sur’atda tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu galgisi ham bundan mustasno bo‘lmadi.


Bo‘lajak raqibimiz – “Bunyodkor” borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu jamoaga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Raqibni hurmat qilamiz, yaxshi shakllangan jamoa, ammo yengib bo‘lmas darajada emas.


Maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz, qolgani Allohdan.


Ertangi uchrashuvda bizni g‘alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Shu bois, ta’kidlaganimdek, zafar quchish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, - dedi Alisher Odilov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting