\"Bunyodkor\" - \"Navbahor\" Jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi haqida tanishing
Namanganning “Navbahor” jamoasi O‘zbekiston Superligasi 10-turi doirasida safarda “Bunyodkor” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.
O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 38 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 21 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa 9 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Sakkizta uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 69:40, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 71 ochko, “Navbahor” esa 35 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisoblar 2009 va 2023 yillarda kuzatilgan. 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 2023 yilda poytaxtimizda dramatik tarzda kechgan bahsda “lochinlar” 5:1 hisobida zafar quchishgandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan 19 ta o‘yinning 14 tasida mezbonlar zafar quchishgan bo‘lsa, 1 ta uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozongan, 4 ta bellashuvda esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 41:16, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari:
2007 yil
“Quruvchi” - “Navbahor” - 3:1 (2:1)
Gollar: V.Karpenko (15, 84), V.Shishelov (24) - V.Baranov (42).
“Navbahor” - “Quruvchi” - 1:4 (0:1).
Gollar: D.Jabborov (89) - I.Mo‘minjonov (26, 59,63), V.Karpenko (54).
2008 yil
“Quruvchi” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: U.Baqoev (24).
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0)
Gollar: I.Boydedaev (60) - V.Karpenko (54).
2009 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 6:0 (4:0)
Gollar: X.Vilьyanueva (13,16), Rivaldo (24, 40), S.Jeparov (57), A.Soliev (90+2).
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:0)
Gollar: X.Vilьyanueva (64), Rivaldo (67), T.Kapadze (89).
2010 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:2 (0:0)
Gollar: D.Sharofiddinov (90+3 pen.) - A.Ismoilov (59), T.Kapadze (75).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: V.Karpenko (37), T.Kapadze (69).
2011 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: M.Trifunovich (2).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Mahmudov (34).
2012 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (1:1)
Gollar: A.Fomenko (25,51) - R.Melziddinov (4) .
“Bunyodkor” - “Navbahor” - 1:0 (0:0)
Gol: K.Murzoev (90+2).
2013 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:1)
Gollar: Q.Mahamadjonov (32-avtogol), O.Pishur (72-pen.), L.To‘raev (89).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 5:0 (2:0).
Gollar: S.Rashidov (2), A.Berdiev (15), A.G‘ofurov (63), I.Taran (74, 89).
2014 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 3:0 (0:0)
Gollar: V.Shodiev (58), S.Rashidov (90), O.Pishur (90+2).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 0:0
2015 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: A.G‘ofurov (56), D.Hamdamov (70) - S.Shixov (88).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 0:1 (0:0)
Gol: S.Minori (87).
2016 yil
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 1:3 (1:2)
Gollar: D.Jabborov (22) - O.Pishur (4-avtogol), Sh.Nurmatov (24), E.Shomurodov (67).
“Bunyodkor” - “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: D.Hamdamov (72-pen.) - A.Abdullaev (30).
2017 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0)
Gollar: D.Jabborov (82) - D.Hamdamov (67).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:2 (1:1)
Gollar: D.Hamdamov (15-pen.), V.Shodiev (74) - A.Turg‘unboev (19), A.Aliev (90).
2018 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (0:1)
Gollar: N.Inьas (58), J.Mehmonov (90+4) - R.Ashurmatov (13).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (1:1)
Gollar: D.Ahmadaliev (37), F.Rayevas (58) - R.Ahmedov (31).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: A.Haydarov (31), A.Abdullaev (60).
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 1:0 (0:0)
Gol: R.Ahmedov (64-pen.).
2019 yil
“Navbahor” — “Bunyodkor” - 2:3 (0:2)
Gollar: A.Kasьyan (64-pen.), A.G‘ulomov (79) – J.Jaloliddinov (5), X.G‘iyosov (37-pen., 85-pen.).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (1:1)
Gollar: N.To‘xtasinov (9), X.G‘iyosov (67-pen.) – A.Turg‘unboev (34).
2020 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 3:1 (2:0)
Gollar: D.Ahmadaliev (24), Sh.Erkinov (28), S.Nurmuradov (87) – I.Golban (57).
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1 (1:1)
Gollar: A.Turg‘unboev (31), R.Bolov (56) – X.G‘iyosov (45-pen.).
2021 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1 (2:1)
Gollar: S.Telyakov (58), Z.O‘rinboev (60) – N.To‘xtasinov (49).
2022 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1 (1:0)
Gollar: A.Ahmedov (41-pen.), Y.Jokich (84) – I.Tomiva (64).
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: U.Ismonaliev (7), J.Hakimov (90-pen.) – J.Yaxshiboev (42).
2023 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 1:5 (0:5)
Gollar: Jasurbek Hakimov (76) - Jamshid Boltaboev (14), Igorь Golban (20), Abrorbek Ismoilov (22), Oston O‘runov (28, 37).
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 3:0 (1:0)
Gollar: Toma Tabatadze (10), Yovan Jokich (72, 84).
2024 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 2:2 (0:0)
Gollar: Mirjahon Mirahmadov (65,90+7) – Toma Tabatadze (60,73-pen.).
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:2 (1:1)
Gollar: Jamshid Iskanderov (18, 90+8-pen.) - Andriya Filipovich (9), Temurxo‘ja Abduxoliqov (60-pen.)
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.