Hakim Fuzaylov: \"Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik\"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
11.05.2025, Yak.
Navbahor Namangan
1
Xorazm
0
Superliga 9-tur doirasidagi "Navbahor" — "Xorazm" (1:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Juda qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. "Navbahor" bungacha mehmonda mag‘lubiyatga uchragandi va o‘z muxlislari qarshisida hujumkor o‘ynab, ijobiy natijaga harakat qilishini bilardik. O‘yin starti yaxshi boshlangandek edi, ammo xatolarimiz bor edi. Charchoq yig‘ilib qolganga o‘xshadi. Afsuski, bugungi kunda tarkib bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor, ammo biz bu holatda chiqib ketamiz. Jamoa yaxshi o‘ynamoqda, ammo xatolar ham yo‘q emas, shunday ekan "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman",-deydi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor