Fevzi Davletov: \"Sardorlik bog'ichi muhokama qilinmaydi\"
Superliganing 9 turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi:
O'yin haqida
- Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqaligini yaxshi o'tkazdik. Aynan 20-daqiqadan keyin biz pozicion himoyada xatolar qilishni boshladik. Golni juda oson o'tkazib yubordik. Markaziy chiziqdagilar va himoyadagilar oxirigacha o'ynay olishmadi. Keyinchalik o'yinni tenglashtira oldik, lekin hujumda bizda yakunlash sifati etishmayapti. Ikkinchi bo'limda biz ham raqiblar ham ochiq o'yin namoyish qilishdi, bu muxlislarga ham yoqdi. Ko'p vaziyat yaratyapmiz, biroq undan foydalanishda juda yomon o'ynayapmiz.
- "Surxon" uzoq vaqt davomida Toshkentda o'yinlarini o'tkazdi. Ushbu mavsumga kelibgina jamoa Surxondaryoga qaytdi. Stadion, stadion yonida qarorgoh qurib bitkazildi. Bu jamoani birdam qilishda va natijalarga tasir o'tkaza oladimi?
- Albatta, bu tabiiy. Hali jamoada qilinadigan ishlar bor. Qiyinchiliklarga qaramasdan yigitlar xarakter ko'rsata olishdi. Umid qilamanki, kelgusida bu muammolar bartaraf qilinadi.
- Bunga qadar jamoada turli futbolchilar sardor sifatida bo'lishdi. So'nggi paytlarda esa sardorlik bog'ichi Behzod Shamsievga topshirilmoqda
- U hozir himoyada yetakchi futbolchi. Sardorlik bog'ichi muhokama qilinmaydi