\"Dinamo\" personalida liga akkreditatsiyasi yo'qligi aniqlandi
18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turning har bir o'yinlariga bag'ishlangan liga komissari bildirgisini e'tiboringizga havola qilamiz:
Komissar bildirgisida “Dinamo” stadioni personalida hozirga qadar tegishli akkreditatsiyalar mavjud emasligi qayd etilgan. Bu o‘z navbatida texnik hudud va uning atrofida faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan ishlashda komissar ishiga halal bergan.
“Qizilqum” klubi “Dinamo” stadionidan ijara asosida foydalanib kelayotgan bo‘lib, klub 4-may kuni Navoiy shahriga qaytadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga “Qizilqum” klubini rasman ogohlantiradi. Garchi klub o‘z uy uchrashuvlarini safarda o‘tkazgan bo‘lsa-da, rasmiylar mezbonlik bilan bog‘liq majburiyatlarni his qilishi va ularga to‘liq amal qilishi shart. Navoiydagi o‘yinda shu kabi holat kuzatilsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

“Dinamo” stadioni xodimlari bilan esa “Dinamo” klubi vakillari ishlashi shart. “Dinamo” klubining kelgusi uy uchrashuvida stadion xodimlari Liga talab qilgan ko‘rinishda akkreditatsiya bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.