«Buxoro» - «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar tarixi
Superliga 9-turida "Paxtakor" safarda "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi.
Chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 62 bor o‘zaro bellashgan. 46 uchrashuvda "Paxtakor", 7 o‘yinda esa "Buxoro" g‘alaba qozongan. 9 to‘qnashuv durang bilan yakunlangan. Raqib darvozasi 146 marta ishg‘ol etilgan, buxoroliklar esa 38 gol urgan. 18 uchrashuvda "Sherlar" raqibni yirik hisobda mag‘lub etgan. Eng yirik hisob 2005 yilda qayd etilgan — jamoamiz safarda 8:0 hisobida zafar quchgan.
Mehmondagi o‘yinlarda jamoamiz natijalari quyidagicha: 18 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyat. "Buxoro" darvozasiga 62 gol urilib, 21 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
"Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 22-aprel, chorshanba kuni soat 20:15da Buxoro FA stadionida boshlanadi.