“Buxoro” “Andijon”ga qarshi o'yinni Samarqandda o'tkazadi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
13.06.2025, Yak.
Buxoro
1
Andijon
1
O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Andijon” o'yini Samarqandda bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumki, Buxoro shahridagi stadionning yoritish tizimi bilan bog'liq muammo hozirga qadar hal qilinmagan.
Buning oqibatida “Buxoro” klubi Superliganing joriy mavsumidagi 5 ta uy uchrashuvidan 4 tasini Toshkentdagi “Jar” stadionida va yana bitta uchrashuvni raqibi “Bunyodkor” maydonida o'tkazishiga to'g'ri keldi.
Ma'lumot uchun, “Buxoro” - “Andijon” o'yini 13-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist