locale OZ

Maksim Shatskix: \"Bu yerda qo'rqinchli holat yo'q\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: "Bu yerda qo'rqinchli holat yo'q"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
13.06.2025, Yak.
Buxoro
1
Andijon
1

“Buxoro” – “Andijon” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab “burgutlar” bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.

Birinchi taymda ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmadik. Ikkinchi taymda boshqacha kayfiyatda maydonga tushdik va tanaffusdan keyingi o'yindan nisbatan qoniqdim. O'yinda bir qancha jihatlarini yaxshilaydigan jihatlarimiz bor. Agar ayrim kamchiliklarga yo'l qo'ymaganimizda g'alaba biz tomonda bo'lardi. Jamoamizda o'yin taqdirini hal qiladigan uchta yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Afsuski, foydalana olmadik.

Jamoangiz futbolchilari jismoniy tomondan to'liq tayor emasdek ko'rindi...

Men “Buxoro”ga nisbatan jismoniy jihatdan yaxshi emasligimizni ko'rmadim. Siz aytgandek emas. Yigitlar yaxshi holatda va xavfli vaziyatlarni yaratdik. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. “Buxoro”da esa bunday vaziyatlar yuz berganini eslay olmayapman.

O'tkazib yuborilgan golda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi. Bu haqida nima deya olasiz?

Nima deyish mumkin? Hamma xato qiladi. Bu yerda qo'rqinchli holat yo'q.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting