locale OZ

Ulug'bek Baqoyev: \"Albatta, darvozabon xavfli zarbalarni qaytarishi kerak-da\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ulug'bek Baqoyev: "Albatta, darvozabon xavfli zarbalarni qaytarishi kerak-da"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
13.06.2025, Yak.
Buxoro
1
Andijon
1

“Buxoro” – “Andijon” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida buxoroliklar ustozi Ulug'bek Baqoyev ishtirok etdi.

Birinchi taymda agressiv harakat qildik. Yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi taymda ham vaziyatlardan foydalanishga harakat qildik. Keyin gol o'tkazib yubordik. Ammo yaxshi o'ynab, javob golini urdik. Durangga mos o'yin bo'ldi. Yigitlarga rahmat. Keyingi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

Begichning o'yiniga qanday baho berasiz?

Bir qator vaziyatlar bo'ldi. U jarohatdan so'ng birinchi marta maydonga tushdi. O'ylaymanki, jamoa uchun foydali o'yin ko'rsatdi.

Darvozabon Shirinboy Abdullaevning o'yin haqida ham nima deya olasiz? U bir nechta holatlarda jamoani qutqardi.

Albatta, darvozabon xavfli zarbalarni qaytarishi kerak-da. Futbolchilarda shunday holatlar bo'ladiki, unda ham tanaffus bo'lgandi va biz uni qo'llab-quvvatladik. Mana, u yana o'ynashni boshladi.

Shaxboz Jo'rabekov haqida so'ramoqchiman. U ketma-ket uchta uchrashuvdan beri gol uryapti...

U boshqa chiziqda o'ynardi. Bu safar vinger sifatida ko'rdik. Jo'rabekovda dribling ham, kuchli zarba ham bor. O'z ustida yaxshi ishlasa, albatta gol uradi. Mashg'ulot jarayonida ko'p aytaman, kim yaxshi harakat qilib, ko'proq aniq zarbalar bersa gol uradi. Albatta, bu yerda mahorat ham ahamiyatga ega. Uni kuchli zarbalari bor. Shu sababli u gollar uryapti. Futbolchi kuchli zarba bilan gol urdimi, demak, o'z ustida yaxshi ishlayapti va mohirona harakat qilyapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting