Abduqodir Husanov Angliyadagi o‘zining ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin
«Uembli»da o‘tadigan Angliya kubogi finalida «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari o‘zaro to‘qnash keladi.
Manchester Siti safiga qo‘shilganiga 481 kun bo‘lgan Abduqodir Husanov Angliyadagi o‘zining ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.
Abduqodir bundan 55 kun avval Angliya Liga Kubogi (EFL Cup) chempioniga aylangan edi. Endi esa o‘zbek himoyachisi navbatdagi sovrin uchun kurash olib boradi!
Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadigan bellashuvda «shaharliklar» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda harakat qiladi.
Angliya kubogi. Final
Chelsi — Manchester Siti
16 may. London. «Uembli»
Chelsi — Sanches, Fofana, Koluill, Hato, Gyusto, Jeyms, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Palmer, Pedro.
Manchester Siti — Trafford, Nunesh, Husanov, Gehi, O'Rayli, Rodri, Silva, Semenyo, Marmush, Doku, Holand.