locale OZ

Muxlis tilidan: Unda qurbonlar bor, mag‘lubiyatlar bor, mashaqqatli tunlar, adolat kutgan kunlar, tanqidlarga bardosh bergan yuraklar bor edi

Neftchi — 24 yillik sog‘inichni chempionlikka aylantirdi
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muxlis tilidan: Unda qurbonlar bor, mag‘lubiyatlar bor, mashaqqatli tunlar, adolat kutgan kunlar, tanqidlarga bardosh bergan yuraklar bor edi
photo: 12-o'yinchi
O‘zbekiston Superligasi
22.11.2025, Yak.
Neftchi Fargona
4
Qizilqum
1

Neftchi o'z uyida Qizilqumni yirik hisobda mag'lub 24 yil deganda yana O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Bu safargi g'alaba buyuk chinorlarning 6-chempionligi hisoblanadi.

Farg'onalik muxlis tilidan va dilidan chiqqan ushbu so'zlarni o'qib ko'ring.

"2001 yil… Farg‘ona osmoni yana chempionlik nurlari bilan yorqinlashgan edi. Oradan 24 yil o‘tdi. Bu oraliqda qancha umidlar, qancha alamlar, qancha chidab-chidab sinmagan yuraklar bo‘ldi…

Ammo bugun — o‘sha sog‘inich, o‘sha orzu, o‘sha kutush yana haqiqatga aylandi. Bugun Neftchi o‘z tarixi­ning eng ezgu sahifalaridan birini qayta yozdi.

Bu yo‘l faqat g‘alabalar yo‘li emas edi.
Unda qurbonlar bor, mag‘lubiyatlar bor, mashaqqatli tunlar, adolat kutgan kunlar, tanqidlarga bardosh bergan yuraklar bor edi.
Ammo Neftchi ruhi — sindirmaydi, sinmaydi ham.

Sarkisyan boshlab bergan ruhiyatni Levchenko davom ettirdi. Futbolchilar jonini tiqdi, maydonda borini berdi. Murabbiylar o‘zini unutdi. Muxlislar har bir o‘yinda yuragini maydonga qo‘ydi.

Va eng asosiysi — klubning qayta tiklanishida Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorovning mehnati, ishonchi va qo‘llovi beqiyos bo‘ldi. Neftchi qiyinchilik tushgan paytlarda ham qo‘ldan chiqmadi, orqaga chekinmadi.

Bugun Neftchi chempion bo‘ldi — bu faqat bir mavsumning yutug‘i emas.
Bu 24 yillik sabr-qanoatning mevasidir.
Bu minglab yuraklarning duosidir.
Bu Farg‘onaning o‘zi yozgan tarixidir.

Bugun Neftchi — oddiy jamoa emas.
Bugun Neftchi — butun bir avlodning orzusi ro‘yobga chiqqan tarixdir.

Farg‘ona bugun faxr bilan boshini ko‘tarsa arziydi.
Neftchi bugun yana shohsupada.
Va bu chempionlik — haq edi.

Tabriklaymiz, Neftchi!"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting