locale OZ

Abbosbek Otahonov: «Gol urishda omadimiz kelmayapti»

Tajriba orttirgan himoyachi "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Otahonov: «Gol urishda omadimiz kelmayapti»
Фото: Хоразм ПФК

Superliga 24-turida "Xorazm" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvi durang bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng mezbonlar himoyachisi Abbosbek Otahonov Sports24.uz sayti uchun o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bizga ham, raqibga ham g‘alaba kerak edi. Menimcha, durang adolatli bo‘ldi. Chunki "Xorazm"da ham, "Navbahor"da ham gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Ammo bu vaziyatlardan ikkala jamoa ham foydalana olmadi.

Natijalar haqida

"Xorazm" anchadan beri g‘alaba qozona olmayapti. Lekin o‘yin borasida hech bir jamoadan aslo qolishganimiz yo‘q. Faqatgina bizda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda omadimiz kelmayapti. Shu sabab ko‘p ochko yo‘qotmoqdamiz. Tabiiyki, natijalardan o‘zimiz ham mamnun emasmiz.

Asosiy maqsad haqida

Superligada qolishni rejalashtirganmiz. Bu bizning asosiy vazifa va maqsadimiz hisoblanadi. Qolgan bahslarda ijobiy natijalarni qayd etib, Superligada jon saqlab qolishga harakat qilamiz.

Jamoaga moslashuv haqida

Jamoada muhit borasida hech qanday muammo yo‘q. Shu sababli men ham moslashib ketishda qiyinchilikka duch kelganim yo‘q. Ko‘p o‘yinchilar bilan ilgari boshqa jamoalarda o‘ynaganman, ularni yaxshi taniyman. Bu ham mening moslashib ketishimga yordam berdi", - deydi Otahonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting