Prezident olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan qilichbozlik musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi
31 oktyabr kuni Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida Prezident olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan qilichbozlik musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.
Besh kun davomida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 14 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli sportchilar o‘z mahoratlari, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar.
Musobaqaning so‘nggi kunida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
SHPAGA — O‘G‘IL BOLALAR (jamoaviy bahslar)
Mazkur yo‘nalishda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari sharafini himoya qildilar.
Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Andijon viloyati
2-o‘rin — Samarqand viloyati
3-o‘rin — Farg‘ona viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati
SHPAGA — QIZLAR (jamoaviy bahslar)
Qizlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan tashrif buyurdilar.
Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2-o‘rin — Andijon viloyati
3-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Navoiy viloyati