Nodirbek Yakubboyev Freestyle Friday turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi
Turnir g‘olibi eronlik grossmeyster Sina Movahed bo‘ldi. U 9,5 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
photo: Chess Uzbekistan
Nodirbek Yakubboyev Freestyle Friday turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboyev 11 imkoniyatdan 9 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Turnir g‘olibi eronlik grossmeyster Sina Movahed bo‘ldi. U 9,5 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakubboev turnir davomida 8 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
E’tiborlisi, u 9-turda Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi. 10-turda esa bo‘lajak g‘olib Sina Movahedga imkoniyatni boy berdi. So‘nggi turda Oleksandr Bortnikni mag‘lub etib, turnirni ikkinchi o‘rinda yakunladi va 250 dollar mukofotga sazovor bo‘ldi.
Turnir Freestyle Chess (Chess960) formatida o‘tkazildi.