locale OZ

Ronaldu «Oltin to‘p» marosimida 5 yildan beri eng yaxshi yosh futbolchi uchun ovoz bermayapti — L'Équipe

Portugaliyalik futbolchi France Football bilan kelishmovchilik sabab ushbu nominatsiyada ovoz berishdan bosh tortmoqda.
Futbol
Ronaldu «Oltin to‘p» marosimida 5 yildan beri eng yaxshi yosh futbolchi uchun ovoz bermayapti — L'Équipe
photo: gettyimages

Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» klubi sardori Krishtianu Ronaldu ketma-ket beshinchi yil «Oltin to‘p» marosimida «Eng yaxshi yosh futbolchi» nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berishda qatnashmadi. L'Équipe nashrining xabar berishicha, bunga sovrin tashkilotchisi France Football bilan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik sobiq futbolchilar Zinedin Zidan va Mishel Platini ham ushbu nominatsiya bo‘yicha ovoz berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilda «Eng yaxshi yosh futbolchi» sovrini «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda France Football jurnalining o‘sha paytdagi bosh muharriri Paskal Ferre Ronaldu unga faoliyatini Lionel Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» bilan yakunlashni asosiy maqsad qilganini aytganini bildirgan edi. Keyinchalik portugaliyalik futbolchi bu gaplarni rad etib, Ferreyni yolg‘onchilikda ayblagan. Shundan so‘ng Ronaldu «Oltin to‘p» bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashmay kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting