locale OZ

Vinisius: «Men «Real»ni tark etaman, shunisi maʼqulroq»

Braziliyalik vinger Madrid grandini tark etish istagini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius: «Men «Real»ni tark etaman, shunisi maʼqulroq»
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior «Barselona»ga qarshi La Liganing 10-tur uchrashuvidagi almashtirilishdan soʻng jamoani tark etish istagini bildirgan. Bu haqda DAZNga tayanib, Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Vinisius 72-daqiqada zaxiraga olinganini bilgan zahoti norozilik bildirgan, kiyinish xonasiga ketayotganda esa:

«Men bu jamoani tark etaman... Ketaman, menga shunisi maʼqulroq», — degan soʻzlarni bir necha bor takrorlagan.

Maʼlumot uchun, Vinisius 2018 yildan buyon «Real»da toʻp suradi. Shu vaqt davomida u uch karra Ispaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan. Uning madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting