«Barselona»ga qarshi oʻyinda Vinisiusning oʻzini tutishi «Real» rahbariyatida norozilik uygʻotdi
«El Klasiko»dagi almashtirilishdan keyin Vinisius Juniorning reaksiyasi «Real» futbolchilari va rahbariyatida norozilik uygʻotdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Barselona»ga qarshi oʻyinda (2:1) braziliyalik vinger 72-daqiqada zaxiraga olindi va bosh murabbiy Xabi Alonsoning qaroridan ochiqchasiga norozi boʻldi.
Klub ichkarisida bu holat jamoa sardorlaridan biri boʻlgan futbolchiga yarashmaydigan xatti-harakat sifatida baholangan. Takidlashicha, Vinisiusning bunday holati ilk bor kuzatilayotgani yoʻq.
Oʻyindan soʻng Alonso shunday dedi:
«Har bir futbolchining oʻz xarakteri bor. Bunday masalalar jamoa ichida hal etiladi».
«Real» rahbariyati murabbiy pozitsiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan va uning istalgan intizomiy choralarini ma’qullashga tayyor. Shunga qaramay, klub ichida Vinisiusning oʻrindig‘iga oʻtirgan daqiqasi biroz erta boʻlganini tan olishmoqda.