Rafinya: «Yamalning gaplari «Real»ga qoʻshimcha motivatsiya berdi»
«Barselona» vingeri Rafinya «Real Madrid»ga qarshi 10-tur uchrashuvi (1:2) oldidan jamoadoshi Lamin Yamalning soʻzlarini ma'qullamadi.
Yamal o‘yin arafasida ispanlarning Kings League medialigasidagi «Porsinos» jamoasi «Real»ni eslatadimi, degan savolga javoban shunday degandi:
«Ha, albatta. Ular doimo shikoyat qiladi va aldashadi».
Rafinya bu holatga izoh berar ekan, quyidagicha fikr bildirdi:
«U xato qildi, nima deganini oʻylamay aytdi. Lamin hali yosh, hali toʻliq yetuklikka yetmagan. Uning soʻzlari «Real» futbolchilariga qoʻshimcha motivatsiya berdi», — deydi Rafinya.
Maʼlumot uchun, ayni paytda «Real» La Liga turnir jadvalida 27 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.