locale OZ

Markus Sorg: Yamal jarohatdan endi qaytdi, unga ko'proq o'yin amalyoti kerak

Barsa yordamchi murabbiyi Real bilan o'yindan keyin Lamin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markus Sorg: Yamal jarohatdan endi qaytdi, unga ko'proq o'yin amalyoti kerak
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

Ispaniya La ligasi 10-turidan o'rin olgan Real Madrid hamda Barselona jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi. Ushbu qarama-qarshilikda qirollik klubi 2:1 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu qarama-qarshilikdan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Markus Sorg Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

“Yamal jarohatdan endi qaytdi, unga ko'proq o'yin amalyoti kerak. Biz Laminga yordam berishimiz kerak va ana shundagina u yana o'zining avvalgi zo'r formasiga qayta oladi. Yamalga vaqt kerak. U endigina 18 yoshda ekanligini unutmaslik kerak”,-dedi mutaxassis.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting