Mbappe ketma-ket toʻrtta «El Klasiko»da gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi
«Real» La Liganing 10-turida «Barselona»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1
Ispaniya La Ligasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda Madridning «Real» klubi «Barselona»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Kilian Mbappe hisobnk ochdi. Shu tariqa fransiyalik yulduz ketma-ket toʻrtta «El Klasiko»da gʻalaba qozongan uchinchi futbolchiga aylandi.
Opta Sports xabariga ko'ra, avval bu natijaga faqat Ronaldinyo va Krishtianu Ronaldu erishgan edi.
Maʼlumot uchun, «Real» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 27 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinda qoldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist