locale OZ

Viktor Valdes: “Real Madrid” hech qachon taslim bo'lmaydi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Viktor Valdes: “Real Madrid” hech qachon taslim bo'lmaydi”
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq darvozaboni Viktor Valdes yaqinlashib kelayotgan Ispaniya Kubogi finali haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi bahs 26-apreldan 27-aprelga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

“Real”ga qarshi finalda mening tajribam shuni ko'rsatadiki, favoritni oldindan aytib bo'lmaydi. “Real” - ajoyib yulduzlarga ega jamoa.

To'g'ri, klubning mavsum davomida yaxshi va yomon kunlari ham bo'lgan, ammo Madrid hech qachon taslim bo'lmaydi. Ular finalda juda xavfli”, - deydi Valdes.

Ma'lumot uchun, “Barselona” Ispaniya La Ligasining 33-turidan so'ng 76 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa 4 ochko kam to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting