locale OZ

Hansi Flik murabbiylik faoliyatidagi yettita finalning barchasida g'alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik murabbiylik faoliyatidagi yettita finalning barchasida g'alaba qozondi
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Germaniyalik mutaxassis Hans-Diter Flik bosh sifatida qatnashgan yettita finalning barchasida g'alaba qozongan.

Flik “Bavariya”da Germaniya Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.

O'tgan yozda 60 yoshli mutaxassis “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng Ispaniya Kubogi va Superkubogini ham qo'lga kiritdi.

Umuman olganda, Flik murabbiy sifatida jami to'qqizta kubokni qo'lga kiritgan. Yuqoridagi yutuqlardan tashqari, mutaxassis ikki marta Germaniya chempioni ham bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” Hansi Flik bilan shartnomani 2027-yilga qadar uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting