Ana holos! “Real Madrid”ning yana ikki nafar futbolchisi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Madridning “Real” klubi futbolchilari Jud Bellingem va Lukas Vaskes Ispaniya Kubogi finalidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsdagi (3:2) xatti-harakatlari uchun ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Cadena Ser xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hakam o'z xulosasida Vaskek chiqarilgan qarorga norozilik bildirgani, shuningdek, zaxiraga olinganidan so'ng maydon chetida provokatsion ishoralar qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgan.
Bundan tashqari, Bellingem ham o'yindan so'ng hakamga “tajovuzkor ohangda” murojaat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” va “Real” o'rtasidagi finalning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Kataloniyaliklar bitta gol urib, g'alabani ilib ketdi va Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.