Braziliya Karlo Anchelotti bilan shartnomani yakunlashga harakat qilmoqda - Relevo
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2
Braziliya futbol federatsiyasi (CBF) vakili Diyego Fernandes Ispaniya Kubogi finaliga tashrif buyurdi. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Fernandesning tashrifidan maqsad “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan zudlik bilan muzokaralarni olib borish ekanligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Braziliya JCh-2026 saralashining navbatdagi o'yinlari boshlanguniga qadar italiyalik mutaxassisning masalasini hal qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Anchelotti mavsum oxirida “Real”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist