Qahramon Aslanov: \"\"Real\"dagi sehr yo'qoldi, nega?\"
Tahlilchi, jurnalist Qahramon Aslanov Ispaniya kubogi finalidan keyin, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"So‘nggi yillarda "Real"da qandaydir sehr bor edi. Xuddiki o‘yin qanday kechishidan qat’i nazar, baribir "Real" kerakli paytda uyg‘onadi. Sovrinlar mashinasi. Salobatli jamoa. Xotirjam.
Bu yil mana shu sehr yo‘qoldi. Nega? O‘yinda muammolar bormi? Balkim. Lekin qachon bo‘lmagan? Hatto so‘nggi finalning birinchi taymida "Borussiya" oborib-opkelmaganmidi? Ammo bu Madrid uchun muammo emas, yutishning sirini biladigan yagona jamoa.
Vinisiusga berilmagan "Oltin to‘p"dan boshladi. Arazlab tadbirga bormaslik, keyin Ligadagilar bilan doimiy janglar. Xotirjam Anchelotti Mourinoga aylanib qoldi. Real Madrid TV muxlislardan tortib, futbolchilargacha zaxarlashdan tinmadi. Hammasi Lukas va Ryudigerning qizil kartochkasi bilan yakunlandi. Xunuk.
Peres negadir "hamma dushman" rejimini ma’qul ko‘rdi. Rostanam hamma dushmanmidi, noma’lum, lekin shunday bo‘lganda ham, bundan boshqacharoq yo‘nalishda foydalanish mumkin edi, menimcha. Tarkibdagi sifat bungayam qodir edi balkim. Menimcha, bu kayfiyat bilan La Liga ham boy beriladi shekilli. Tag‘in kim biladi.
"Barselona" esa trebl uchun navbatdagi qadamni tashladi. Tabriklar",-deydi Aslanov