Vadim Abramov «Dinamo» bosh murabbiyi sifatidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi
Karlenovich 2022 yil yakunida «Dinamo» bosh murabbiyi sifatida boshqarmoqda.
Фото: Динамо ПФК
«Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga so‘nggi turi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi safardagi bahsda klub boshqaruvidagi 100-rasmiy o‘yinini o‘tkazdi.
«Dinamo»chilar Toshkentdagi yubiley 100-uchrashuvda «Bunyodkor»ni mag‘lub (3:1) etib, 11 yillik noxush an’anaga chek qo‘ygan holda Vadim Karlenovichga munosib sovg‘a tayyorlashdi.
Vadim Karlenovich 2022 yil yakunida «Dinamo» bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan, 2023 yilda Pro ligadan Superligaga yo‘llanma olgan va hozirgacha Samarqand jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist