locale OZ

Ulug’bek Baqoyev: «Qo’ldan kelgacha harakat qildik»

Jizzaxliklar ustozi jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi.
Ulug’bek Baqoyev: «Qo’ldan kelgacha harakat qildik»
Фото: Сўғдиёна ПФК
O‘zbekiston Superligasi
21.07.2026, Yak.
So'g'diyona
1
Neftchi Fargona
5

“So’g’diyona” bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev “Neftchi”ga qarshi uchrashuvidan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Mag‘lubiyat har doim yoqimsiz. Lekin bir narsani tushunaylik, bugun juda kuchli hamda O‘zbekiston chempioniga qarshi o‘ynadik. Raqib safida mahorati yuqori futbolchilar ko‘p, bugun bu ham maydonda ko‘rindi. Biz gol urib oldik, biroq ijobiy natija qayd eta olmadik. Qandaydir tushunarsiz besh daqiqa ichida "Neftchi" masalani hal qildi. Bu - futbol, men yigitlarga o‘yinni tezroq unutib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimizni aytdim. Qo‘ldan kelgancha harakat qildik, buning futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Ishlashda davom etamiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting