locale OZ

Uilshir «Luton Town» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Jek bunga qadar “Norwich City”ni boshqargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uilshir «Luton Town» bosh murabbiyi etib tayinlandi
ФОТО: Getty images

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Jek Uilshir "Luton Town"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Endilikda Uilshirning yordamchisi Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiy Kris Pauell bo‘ladi.

"Luton Town"ning bosh murabbiyi bo‘lish — katta sharaf. Bu men uchun to‘liq davradek tuyuladi. Men birinchi marta Luton shahriga bolaligimda kelganimda sakkiz yoshda edim. Hozirda bu yerda bosh murabbiy sifatida ish boshlayotganimdan juda xursandman — jamoani boshqarishni intiqlik bilan kutaman", — dedi Uilshir.

Eslatib o‘tamiz, "Luton Town" mamlakatning uchinchi divizioni bo‘lgan Angliya Birinchi ligasida o‘ynaydi. Uilshir 2022 yilda 30 yoshida jarohatlar sabab faoliyatini yakunlagandi. U murabbiylik faoliyatini “Arsenal”da yoshlar tizimida boshlagan, 2024/25 yilgi mavsumda esa “Norwich City”ni boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting