locale OZ

\"SURXON\" — \"NAVBAHOR\" Asosiy tarkiblar ma'lum

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"SURXON" — "NAVBAHOR" Asosiy tarkiblar ma'lum
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” (Namangan) safarda “Surxon” (Termiz) jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bugungi uchrashuv uchun har ikki jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum:

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 36 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan.

To‘plar nisbati – 87-26, “Navbahor” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 80 ochko, “Surxon” esa 23 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 36 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

Mazkur klublarning shu kungacha Termizda bo‘lib o‘tgan 18 ta o‘yinidan 8 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasida “Surxon” zafar quchgan, 4 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 30:20, namanganliklar foydasiga.

Mazkur bahs Termiz shahrida soat 20:00 da boshlanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting