locale OZ

Liga komissari \"Navbahor\"ni jiddiy tanqid qildi, bu birinchisi emas

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Liga komissari "Navbahor"ni jiddiy tanqid qildi, bu birinchisi emas
PHOTO: Telegram

Superliga 5 turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Liga komissari “Navbahor” 2:0 “Sho'rtan” o'yinida yuzaga kelgan muammolarni pratakolga kiritdi.

Namangandagi stadionda tibbiyot zambilini ko‘tarish uchun yetarlicha personal topilmagan. Tez tibbiy yordam shifokori zambil ko‘tarishga majburlanayotgani Liga komissari bildirgisida qayd etilgan.

Komissar, shuningdek, klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani masalasini ko‘targan. Superliga 3-turidan o'rin olgan Navbahor 2:2 Andijon o‘yinida kotib hamda xavfsizlik ofitseri media tribunaga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yib bergandi. Bu safar esa fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan begona shaxslar qayd etilgan. Maxsus nimchalarsiz harakat qilgan mazkur shaxslarning ayrimlarida 2023-yilgi Osiyo kubogi saralash uchrashuvi uchun berilgan akkreditatsiyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan. Ular komissar tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgan. Biroq matbuot xizmatining bunday loqaydligi bir necha bor qaytarilayotganidan kelib chiqib, klubga nisbatan chora ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, Navbahor klubi xavfsizlik ofitseri yuqoridagi masala uchun bevosita javobgar hisoblanadi. Qo‘shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ofitser bu masalani tartibga solmagan.

U21 jamoalari ishtirokidagi o‘yinda namanganlik futbol muxlislari komissar ishiga halal bergan. Vaziyatga ichki ishlar xodimlari aralashib, ayrim muxlislarni tribunadan chiqarib yuborgan. Klub xavfsizlik ofitseri esa muxlislar texnik hududda emas, qarama-qarshi tribunadan joy olishi masalasida tegishlicha ish olib bormagan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting