Superliga to'purari kimni dunyoning eng kuchli hujumchisi deb bilishini aytdi
FOTO: Transfermarkt.com
Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi va hozirda Superliga to'purari bo'lib turgan Luis Kachorri Sports24.uz saytiga intervyu berdi.
Italiyalik forvard suhbat chog'ida kimning o'yinlarini kuzatib borishi haqida ham aytib o'tdi.
“Men Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynning o‘yinlari va maydondagi harakatlarini kuzatib boraman. Uning darajasi juda ham yuqori”, - deydi Kachorri.
Ma'lumot uchun, Luis Kachorri hozirda 4 ta gol bilan Superliga to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Sports24.uz sayti ijodkorlari “Buxoro”ning tajribali futbolchilaridan bir bo'lgan Shohruz Norxonov bilan ham intervyu tashkillashtirgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist