Superliga. «So'g'diyona» «Xorazm»ni ishonchli hisobda mag'lub qildi
O‘zbekiston chempionatining 12-turida «So‘g‘diyona» Zominda «Xorazm»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Jizzaxliklar safida Lyupcho Doriyev mavsumdagi 8-golini urdi.
Ulug‘bek Baqoyev jamoasi ochkolarini 12 taga yetkazib, 12-pog‘onaga chiqib oldi. «Xorazm» 13 ochko bilan 10-o‘ringa joylashgan.
Superliga. 12-tur
So‘g‘diyona — Xorazm 2:0
16 iyul. Zomin
Gollar: Abbos Otaxonov (19, avtogol), Lyupcho Doriyev (50).
So‘g‘diyona — Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Islom Qobilov, Jamshid Boltaboyev (Sardor Hoshimov, 46) (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 79), Zenan Zaymovich (Petar Michin, 46), Javohir Qahramonov (Oybek Nurmatov, 85), Filip Ivanovich, Lyupcho Doriyev, Ollobergan Karimov, Nodir Soyibov, Shohjahon Sultonmurodov (Behruz Jumatov, 70). .
Xorazm — Nikola Stoshich, Abbos Otaxonov, Nodir Abduxliqov (Daniil Nugumanov, 35), Yanis Leri (Diyor Ortiqboyev, 63), Elzio Lohan, Sunnatillo Hamidjonov, Matiya Rom, Suhrob Izzatov, Azizbek Pirmuhammadov (Azizjon Ahrorov, 63), Ulug‘bek Hoshimov (Bubabakr Traore, 78), Rustam Abduhamidov (Temur Ismoilov, 78).