locale OZ

Superliga. «So‘g‘diyona» Jizzaxda «Mash'al»dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «So‘g‘diyona» Jizzaxda «Mash'al»dan ustun keldi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH

O‘zbekiston chempionatida 18-tur uchrashuvlari start oldi.

Jizzaxda "So‘g‘diyona" klubi "Mash'al"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab Javohir Qahramonov 27-daqiqada hisobni ochdi. 75-daqiqada Rubin Hebay yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Ivan Boskovich shogirdlari turnir jadvalida 20 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarildi. "Mash'al" esa 15 ochko to‘plagan holda 13-pog‘onada qoldi.

Superliga. 18-tur

"So‘g‘diyona" 2:0 "Mash'al"

Gollar: Javohir Qahramonov 27, Rubin Hebay 75

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting