Superliga. «Paxtakor» safarda «Xorazm»ni magʻlub etib, 3-oʻringa koʻtarildi
Oʻzbekiston Superligasi 26-turidan oʻrin olgan bahsda «Paxtakor» safarda «Xorazm» mehmoni boʻldi va yakunda minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada Ibrohim Ibragimov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, «Paxtakor» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 52 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Xorazm» esa 24 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Oʻzbekiston Superligasi. 26-tur
«Xorazm» — «Paxtakor» 0:1
Gol: Ibragimov (77).
Xorazm — Artyom Potapov, Abbos Otaxonov, Xazrat Tursunqulov, Jasur Azimov (Abror Xo‘sinov, 46), Murodbek Bobojonov (Shahrom Samiyev,46), Humoyunmirzo Iminov (Asadbek Saitxonov, 79), Vladimir Bubanya, Iskandar Shayqulov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Aziz Axrorov, 90), Sunnatulla Abdullajonov (Temur Ismoilov, 62), Rustam Abduhamidov.
Paxtakor — Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Muhammadqodir Hamraliyev, Ibrohim Ibragimov, Hojimat Erkinov, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg‘unboyev, 78), Bobir Abdixoliqov (Brayan Riaskos, 69), Bashar Resan (Dilshod Abdullayev, 90), Umar Adhamzoda, Abdurauf Bo‘riyev, Dilshod Saitov.