Superliga. «Paxtakor» derbida «Bunyodkor»dan ustun keldi
Superliga. «Paxtakor» derbida «Bunyodkor»dan ustun keldi
«Sherlar» ushbu g‘alabadan so‘ng «Neftchi» bilan ochkolar bo‘yicha tenglashib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga 23-turida «Paxtakor» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Zaid Tahsin 42-daqiqada hisobni ochdi. 62-daqiqada Sardor Abdunabiyev muvozanatni tikladi. 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hadamov ikkinchi golni urdi. 90+2-daqiqada Chinedu yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, «Paxtakor» ochkolari sonini 52 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. «Bunyodkor» esa 22 ochko bilan 14-o‘ringa tushdi.
Superliga. 23-tur
Paxtakor – Bunyodkor 3:1
Gollar: Zaid Tahsin, 42 (1:0), Sardor Abdunabiyev, 62 (1:1), Doston Hamdamov, 73 (2:1), Stefan Chinedu, 90+2 (3:1)
Paxtakor: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov (17.Dostonbek Hamdamov, 72), 21.Bashar Resan, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 29.Ayman Hussayn (90.Stefan Chinedu, 62), 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov (10.Akmal Mozgovoy, 62)
Bunyodkor: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To‘raqulov (8.Dmitriy Pletnyov, 56), 13.Muhammad Hakimov, 14.Shahzodjon Ne’matjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov (9.Matiya Krivokapich, 79), 42.Abdulhamid Ikromov (11.Sardor Abdunabiyev, 56), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov.